» » Orasta va oqila qizlar

Orasta va oqila qizlar

Orasta va oqila qizlar
20-04-2016, 15:30
Fikrlar: 0

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2016 yil 15-16 aprel kunlari Yakkasaroy tumanidagi 144-sonli umumta'lim maktabida "Orasta qizlar korik tanlovining yakuniy respublika bosqichi otkazildi.   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Korik-tanlovni otkazishdan asosiy maqsad oquvchi-qizlarning ijtimoiy va intelektual qobilyatlarini rivojlantirish, oilaviy hayotga tayyorlash, ularning salomatligini asrash, muomala, kiyinish madaniyati, soglom turmush tarzi haqidagi tushunchalarini boyitish, odob-axloq me'yorlari va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, jamiyatda ijtimoiy faolligini oshirish qolaversa, iste'dodli yoshlarni qollab-quvvatlashdan iboratdir. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

"Orasta qizlar korik-tanlovi to'rt bosqichda tashkil etilib, unda umumta'lim maktablarining 8-9-sinf oquvchi-qizlari ishtirok etdi. Tanlovning yakuniy respublika bosqichida Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan oquvchilar ishtirok etdi. Qatnashchilar 5 ta shart boyicha bellashib,  ozlarining bor iqtidorlarini namoyon qildilar. Yakuniy natijalarga kora Toshkent viloyati  Bekobod shahri 16-sonli umumta'lim maktabining 9-sinf oquvchisi Abduvahobova Dilmira Axmadjon qizi 1-orin, Namangan viloyati Namangan tumani 13-sonli umumta'lim maktabining 9-sinf oquvchisi Turgunboyeva Shaxlo Komiljon qizi 2-orin, Qoraqalpogiston Respublikasi Kegayli tumani 55-sonli umumta'lim maktabining 9-sinf oquvchisi 3-orinni qolga kiritdi. Tanlovning golib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovgalari topshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati

dle 10.2

Fikrlar

Video
FOYDALI HAVOLALAR
Davlat dasturlari