» » TIBBIY XIZMAT NAMUNALI YOLGA QOYILADI

TIBBIY XIZMAT NAMUNALI YOLGA QOYILADI

TIBBIY XIZMAT NAMUNALI YOLGA QOYILADI
11-04-2015, 19:00
Fikrlar: 0
Bo'limlar: Yangiliklar
Xorazmda bolib otadigan Umid nihollari-2015 sport musobaqalarini tashkil etish va otkazish boyicha viloyatda 16ta ishchi guruhi shakllantirilgan bolib, ularning har birida ishlar qizgin olib borilmoqda. 

 

Musobaqa ishtirokchilarining yashashi, ovqatlanishi va bellashuvlar otadigan inshootlarda tibbiy va sanitariya xizmatini tashkil etish kabi yumushlarga javobgar ishchi guruhi faoliyati bilan tanishish maqsadida Umid nihollari-2015 bosh shtabiga bordik. U yerda bizni 1-oilaviy poliklinika bosh shifokori orinbosari Allanazar Allanazarov qarshi oldi. 

Ishtirokchilarning shodon kayfiyatini bir maromda ushlab, jismoniy salomatligini yaxshilash vazifasi bizning guruh zimmasiga tushgan, dedi suhbatdoshimiz. Tibbiyot xodimlariga zaruriy tibbiy anjomlar bilan jihozlangan Hunday rusumli avtomobillar berildi. Ishimiz mehmonlarni Amudaryoning Cholish koprigi, Urganch xalqaro aeroporti va Urganch temiryol vokzalida kutib olishdan boshlanadi. Musobaqalar otkazilib, mehmonlar oz uyiga kuzatilgunga qadar ishimiz davom etadi. 

Ishtirokchilar turadigan har bir yotoqxonaga bittadan Tez tibbiy yordam mashinasi biriktirildi. Ular belgilangan joyda kechayu kunduz xizmatga shay turadi. Har bir mashinada bir nafar shifokor, hamshira va haydovchidan iborat kichik guruh ikki smenada ishlaydi. 

Suhbatga viloyat sogliqni saqlash boshqarmasi boshligining birinchi orinbosari Gayratjon Goipovni ham tortdik.
Musobaqalar davomida ushbu guruhga jalb etiladigan tibbiyot xodimlariga belgilangan yoriqnoma taqdim etilgan, vazifasi aniq-tiniq qilib tushuntirilgan, dedi u. Sportchilar joylashadigan binolarda tibbiyot xonasi mavjud. 32 turdagi tibbiyot anjomlari, 34 turdagi dori-darmon vositasi keltirildi. Barcha yotoqxonalarda shifokorlarning tungi navbatchiligi yolga qoyiladi. 

Qolaversa, musobaqalarning tantanali ochilish va yopilish marosimlari bolib otishi rejalashtirilayotgan Olimpiya oyingohi tort tomonida 4ta reanimobil tibbiy xizmatga tayyor turadi. Oyingoh ichkarisida ham tibbiy post tashkil etiladi. 

Tibbiyotchilar guruhiga ajratilgan xonadagi stol ustida zarur malumotlar jamlangan fayl-papkalardagi raqamlar, bajarilayotgan ishlar kolamidan ham Umid nihollari-2015ni yuksak saviyada otkazish uchun barcha birdamlikda ishlayotganini anglash qiyin emas. 

Sport musobaqalari davomida ishtirokchilarning turar joylari, ovqatlanish va musobaqalar otadigan joylarda tibbiy va sanitariya xizmatini namunali tashkil etishga masul tibbiy xodimlar ishtirokida oquv-yigin mashgulotlari ham uyushtirilmoqda. 

Qisqasi, ogil-qizlarini Urganch shahriga yuborish arafasida turgan ota-onalar konglini toq qilsa boladi. Sport oyinlarini risoladagidek otkazish niyatida yaratilgan namunali sharoitlar farzandlarimizning musobaqalarni yuksak saviyada, muhimi, sog-salomat otkazishlari uchun xizmat qiladi. 

Mahmud RAJABOV,
Marifat muxbiri
dle 10.2

Fikrlar

Ismingiz:
Sizning E-Mail:
| | |
d:
Kodni kiriting:
Video
FOYDALI HAVOLALAR
Davlat dasturlari