» » TANLOVDA ASOSAN YOSH PEDAGOGLAR ISHTIROK ETDI

TANLOVDA ASOSAN YOSH PEDAGOGLAR ISHTIROK ETDI

TANLOVDA ASOSAN YOSH PEDAGOGLAR ISHTIROK ETDI
11-04-2015, 19:01
Fikrlar: 0
Bo'limlar: Yangiliklar

Pedagogning bilim, mahorat va tajribasi korik-tanlovlardagi ishtirokida yaqqol namoyon boladi. Har yili ananaviy tarzda otkazib kelinayotgan "Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi korik-tanlovi talim-tarbiya fidoyilari orasidan eng bilimli, iqtidorli, noananaviy dars otish uslubi va ilgor metodikasiga ega mutaxassislarni aniqlash, intilishlarini royobga chiqarish va munosib ragbatlantirishga xizmat qilayapti. Ananadan chekinmagan holda bu yil ham Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan oz hududida birinchi orinni egallab kelgan oqituvchilar tanlovning respublika bosqichida bilim va mahoratlarini sinovdan otkazishmoqda. 

 

 

Kuni kecha fransuz tili, kimyo, fizika, boshlangich talim, nemis tili, milliy istiqlol goyasi va manaviyat asoslari fanlari boyicha yilning eng yaxshi fan oqituvchilari nomi malum boldi. Ikki kun davom etgan bellashuv kutilmagan natijalarga boy, dostona raqobat muhitida otdi.

Korik-tanlovning haqqoniy, adolatli va nizom talablari asosida otishini taminlash maqsadida barcha zarur chora-tadbirlar korildi. Shartlarni tolaqonli bajarish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilib, auditoriyalar oquv jihozlari, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan yetarlicha taminlandi.

Ayniqsa, ishtirokchilarning bilim va mahoratini xolisona baholashga alohida etibor qaratildi. Shu maqsadda har bir fan boyicha Respublika talim markazi mutaxassislari, oliy talim muassasalari professor-oqituvchilari, chet tili darsliklari mualliflari, korik-tanlovning oldingi yillardagi goliblaridan hakamlar hayati tarkibi shakllantirildi.

Har bir fan boyicha korik-tanlov oziga xos jihatlari bilan esda qolarli tarzda otdi. Jumladan, fransuz va nemis tillari boyicha bellashuv chet tili oqituvchilarining interfaol metodlar va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanishda yuqori bilim va mahoratga ega ekanini korsatdi. Birinchi kuni dastlab hakamlar pedagoglarning dars berish texnologiyasi aks etgan videodarslarni tahlil etishdi. Hakamlarning takidlashicha, bu yil taqdim etilgan videodarslar oldingi yillardagidan sifati, mazmuni, metodik qimmati jihatidan ham yuqori. Yurtimizda chet tillarni oqitishga qaratilayotgan alohida etibor, oqituvchilar salohiyatining kun sayin oshayotgani va, albatta, fan-texnika taraqqiyotining talim jarayoniga izchil tatbiq etilayotgani buning asosiy omilidir. Ikkinchi turda oqituvchilarga muayyan mavzu boyicha bir soatlik dars ishlanmasini yozish vazifasi berildi. Topshiriqni bajarish uchun ikki soat vaqt ajratilib, bu jarayon pedagogning bilim va tajribasini korsatish bilan birga, kompyuter savodxonligini aniqlash imkonini ham berdi. Ishtirokchilarning asosiy qismi yoshlar bolgani bois AKT bilan ishlashda ular qiynalmadi. Dars ishlanmasini yozishda internet malumotlaridan foydalanish, oquv materiallarini Microsoft Word va Power Point dasturlarida tayyorlab, taqdim etish, talim tizimini rivojlantirish borasidagi loyihalarni AKT yordamida namoyish qilish, ochiq darsda zamonaviy oquv vositalaridan samarali foydalanish boyicha eng yuqori ballar jamgarilgani buning isbotidir. Oqituvchining mahoratidan darak beruvchi uchinchi turda ishtirokchilar "Talim sifatini oshirishda amalga oshirmoqchi bolgan ishlarim mavzusidagi taqdimoti orqali chet tilini oqitishda ozlari duch kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish usullarini hamkasblari va hakamlar etiboriga havola etdi.

Tanlov nizomiga muvofiq, dastlabki uch shart boyicha 40 va undan yuqori ball toplagan murabbiylar tortinchi turda ishtirok etishdi. Otgan yili tort nafar fransuz tili oqituvchisi oxirgi turda bellashgan bolsa, bu yil ular soni olti nafarga yetdi. Ushbu korsatkichdan ham bu yilgi qatnashuvchilarning bilim va salohiyati, tayyorgarligi nechoglik yuqoriligini, hududiy saralash bosqichlarida raqobat kuchli bolganini sezish qiyin emas. Bu shartga kora, oqituvchilar notanish maktab va sinfda oldin nomalum bolgan mavzu boyicha zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot-kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanib, 45 daqiqalik dars otib berishdi. Har bir mashgulotdan song bolalarning otilgan mavzuni qanchalik ozlashtirganini aniqlash, oqituvchilarning say-harakatlarini xolisona baholash maqsadida test otkazildi.

Ikki kun davomida turli sinovlardan otgan peshqadamlar orasidan goliblarni aniqlash murakkab kechdi. Xususan, 1-, 2-, 3-orin sohiblarining ballari bir-biridan juda oz, ondan bir necha ulush bilan farq qilgani tanlovning murosasiz otganidan dalolat beradi. Shunday bolsa-da, hakamlar har bir ishtirokchidagi eng ustun jihatlarni baholab, goliblarni elon qildi. Fransuz tilidan Zafarobod tumanidagi 8-maktab oqituvchisi Dildora Rasulova, nemis tili fanidan esa Bogot tumanidagi 2-maktab oqituvchisi Feruza Mavlonova 1-oringa munosib korildi.

Tanlov oylaganimdan ham shiddatli, yuqori saviyada otdi. Har bir hamkasbimning ishtiroki oziga xos, noananaviy boldi. Oqituvchilarning chiqishini kuzatib, har biridan kelgusi faoliyatim uchun asqotadigan muhim jihatlarni organishga harakat qildim, deydi fransuz tili fani boyicha "Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi2015 korik-tanlovi golibi Dildora Rasulova. Masalan, navoiylik hamkasbim taqdimotida chet tilini oqitish boyicha talim samaradorligiga erishish uchun oz oldiga qoygan yettita maqsad va undan kutilayotgan natijalarni ifodali tushuntirib berdi. Tanlov davomida har birimiz shu kabi jihatlarni bir-birimizdan organdik, tajriba almashdik. Raqib emas, hamkasb sifatida qatnashib, shartlarni bajarishda bir-birimizga komak berdik, manaviy qollab-quvvatladik. Bilim va tajribamizni sinovdan otkazish asnosida yanada yaqin bolib ketdik. Dostona munosabatimiz kelgusidagi faoliyatimizda ham asqotishiga ishonchim komil.

Boshlangich talim, milliy istiqlol goyasi, kimyo, fizika yonalishlari boyicha ham "Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi2015 korik-tanlovi goliblari aniqlandi. Boshlangich talim boyicha Xalq talimi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtalim maktabi oqituvchisi Aziza Imomxojaeva, milliy istiqlol goyasi fani boyicha Olmaliq shahridagi 14-maktab oqituvchisi Nargiza Haydarova, kimyo boyicha Olmaliq shahridagi 20-maktab oqituvchisi Marguba Tursunova, fizika yonalishi boyicha Navoiy shahridagi 11-IDUM oqituvchisi Feruz Hakimov 1-oringa sazovor boldi.

Otgan yili ham ishtirokchilar orasida yosh mutaxassislar kop edi. Bu yil yoshlar qatnashuvchilarning salmoqli qismini tashkil etgani barchamiz uchun quvonarli hol. Demak, ustoz-shogirdlik ananasining davomchisi bolgan, bilim va salohiyatli oqituvchilar avlodi shakllanib kelayapti, deydi Xalq talimi vazirligining umumtalim va ixtisoslashtirilgan maktablar boshqarmasi yetakchi nazoratchisi Vafoqul Hotamov. Ularning tajriba, bilim va mahoratini munosib baholash maqsadida malakali mutaxassis, metodist va tajribali oqituvchilardan iborat hakamlar hayati azolari nizom asosida ish olib borishdi. Axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida tayyorlangan original videodarslar diqqat bilan kuzatildi. Talim sifatini oshirishga oid ilgor fikr-mulohazalar etiborga olindi. Xalq talimi vazirligi va Respublika talim markazi xodimlaridan iborat masullar jarayonning xolisona otishini bevosita nazorat qilishdi.

"Talim sifatini oshirishda amalga oshirmoqchi bolgan ishlarim sharti boyicha pedagoglarning aksariyati berilgan muammoni hal etish yollarini oqilona, oziga xos tarzda belgilay olgani etiborga molik. Zamon bilan hamnafas oqituvchilarning izlanuvchan hamkasblari bilan bellashuvi u qadar oson kechmagan bolsa-da, astoydil harakat qilib, maqomiga munosib murabbiy ekanliklarini korsatishga intilishdi.

Prezidentimiz takidlaganidek, bolaning jismoniy va psixologik rivojlanishidagi eng asosiy davr bu boshlangich sinf davridir, deydi korik-tanlov golibi, Xalq talimi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtalim maktabining boshlangich sinf oqituvchisi Aziza Imomxojaeva. Faoliyatim davomida bu gap hayotiy haqiqatdan kelib chiqib, aytilganiga bu fikrga toliq ishonch hosil qildim. Tajribam asosida tanlovga tayyorgarlik korish jarayonida "Talim sifatini oshirishda amalga oshirmoqchi bolgan ishlarim mavzusidagi taqdimotga alohida etibor qaratdim. "Boshlangich talimda sifat va samaradorlikni taminlash muammolari mavzusi boyicha izlanib, istiqboldagi rejalarimni toliq bayon etishga intildim. Jumladan, maktabgacha talim va boshlangich talimning uzluksizligini taminlash, bunda uchraydigan ayrim muammolarning yechimiga oid fikrlarim ijobiy baholandi. Bu, shubhasiz, zimmamga ulkan masuliyat yuklaydi. Kelgusi yillarda ham yilning eng faol oqituvchisi nomiga munosib bolib qolish, yosh avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalash uchun bor kuch-gayratimni ayamayman.

Xayriddin MUROD,
Gulyuz ORIFJONOVA,
"Marifat muxbirlari
dle 10.2

Fikrlar

Ismingiz:
Sizning E-Mail:
| | |
d:
Kodni kiriting:
Video
FOYDALI HAVOLALAR
Davlat dasturlari