» » Virtual qabulxona

Virtual qabulxona

Virtual qabulxona
22-12-2016, 11:00
Fikrlar: 0
Bo'limlar: Yangiliklar

Xalq ta'limi vazirligi jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, xususan, har bir fuqaroning axborot olishga bo'lgan qonuniy huquqlarini ta'minlash masalasiga doimiy e'tibor qaratib kelmoqda.

2014 yilda qabul qilingan "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining qonuni fuqarolarning davlat organlariga murojaat etish tartibini belgilab, ularning huquqlarini qonunan yanada mustahkamladi.

Xalq ta'limi vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash, hamyurtlarimizning sohaga oid taklif, mulohaza va arizalarini zudlik bilan ko'rib chiqish, qolaversa, tizimda olib borilayotgan islohotlar borasida jamoatchilik fikrini o'rganish maqsadida Xalq ta'limi vazirining virtual qabulxonasi (www.uzedu.uz) ishga tushirildi.

Bugungi kunda fuqarolar Xalq ta'limi vazirligiga:

- "Ishonch telefoni” 10-06;
- info@xtv.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilish va qisqa muddat ichida o'z savollariga javob olish imkoniyatiga egalar.

 Xalq ta'limi vazirining virtual qabulxonasiga murojaatlar amaldagi qonun talablari asosida qabul qilinib, o'rnatilgan tartibda va qonun bilan belgilangan muddatlarda ko`rib chiqiladi.
 
Vazirlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari doimiy nazoratga olinib, har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini inobatga olgan holda, ularning har biriga asosli javoblar qaytarilmoqda.

Xalq ta`limi vazirligi
Axborot xizmati
скачать dle 10.2 КиноСвин

Fikrlar

Ismingiz:
Sizning E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Kodni kiriting:
Video
FOYDALI HAVOLALAR
Davlat dasturlari