» » “Yilning eng faol ma'naviyat targ‘ibotchisi”

“Yilning eng faol ma'naviyat targ‘ibotchisi”

“Yilning eng faol ma'naviyat targ‘ibotchisi”
22-12-2016, 11:02
Fikrlar: 1
Bo'limlar: Yangiliklar

Respublika bolalar kutubxonasida xalq ta'limi yo‘nalishi bo‘yicha "Yilning eng faol ma'naviyat targ'ibotchisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi va g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari D.Kenjayev va boshqalar Vatanimiz mustaqilligining ma'naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an'ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg'ularini chuqur singdirish yo'lida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta'kidlashdi.

Mazkur ko'rik-tanlovni tashkil qilishdan maqsad bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari, keng ko'lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini har tomonlama sharhlash va tushuntirish, ijodiy tashabbuskorlik hamda izlanishlarni e'tirof etish, ularni qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish hamda tajribalarni ommalashtirishdan iborat.

Ko'rik-tanlovning nufuzi yildan-yilga ortib, pedagog xodimlar o'rtasida ommaviylashib bormoqda. Joriy yilda XTMFMTTE tuman (shahar) bo'limlarining o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash sho''basi rahbarlari, umumta'lim maktablari direktorlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari, milliy g'oya turkumiga kiruvchi fan o'qituvchilari qatorida tarix, ingliz tili, ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari ishtirok etdilar. Bu esa, yosh pedagoglarning ham ko'rik-tanlovga bo'lgan qiziqishi va ishtiroki ortishiga turtki bo'ldi. Tanlovda 2008 yilda 200 nafar pedagog xodimlar ishtirok etgan bo'lsa, 2016 yilda ularning soni 3895 nafar (ulardan 2515 nafari (64,5%) yoshlar)ga etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tanlov uch bosqichda: tuman (shahar), viloyat, respublika bosqichlarida o'tkazilib, respublika bosqichida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlardan tashrif buyurgan jami 14 nafar ishtirokchi milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish bo'yicha faoliyatiga doir dastur va rejalar, o'tkazilgan tadbirlar dolzarbligi, axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanishi kabi mezonlar asosida jami 100 ballik tizimda baholandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Hakamlar hay'ati tomonidan baholangan natijalarga ko'ra:

Oliy o'rin – Namangan viloyati Namangan shahridagi 24-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Yuvashov Sherzod O'lmasovich;

Birinchi o'rin –  Jizzax viloyati Mirzacho'l tumanidagi 19-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari - Dadayev Aziz Avvalovich;

Ikkinchi o'rin – Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi - Xojiyeva Nargiza Ulug'bekovna;

Uchinchi o'rin – Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumanidagi 1-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari - Almardonova Lobar Nug'monovnalar egalladilar.

Ko'rik-tanlovning Respublika bosqichi g'oliblari vazirlik diplomi, "Xalq ta'limi a'lochisi” ko'krak nishoni hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati

скачать dle 10.2 КиноСвин

Fikrlar

Ismingiz:
Sizning E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Kodni kiriting:
RobertImmox (16.10.17)
К просмотру позволяется

-----


клик

-----

Напишите какой фильм советуете посмотреть

фильмы

Video
FOYDALI HAVOLALAR
Davlat dasturlari