» » Xalq ta`limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar-2014

Xalq ta`limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar-2014

Xalq ta`limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar-2014
28-01-2015, 11:37
Fikrlar: 0
Bo'limlar: Yangiliklar
Joriy yilning 20-yanvar kuni Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazida "Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar korik-tanlovi goliblarini taqdirlash marosimi otkazildi. Mazkur korik-tanlov Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2011-yildan buyon har yili an'anaviy ravishda otkazib kelinmoqda. Ko'rik-tanlov bo'yicha Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan maxsus dastur yaratildi. Dasturning internetdagi manzili www.tanlov.uzedu.uz bolib, u orqali "Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar ko'rik-tanloviga qatnashish uchun online shaklda ariza berish, ularni tahlil qilish, joylardan turib baholash hamda kuzatib borish imkoniyatlari mavjud. 
Ko'rik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2014-yilning 20-aprelidan 20-mayiga qadar tanlov.uzedu.uz sayti orqali qabul qilindi va royxatga olindi. Talabnomalar xt.uzedu.uztizimi orqali autentifikatsiyadan otish orqali qabul qilindi. Korik-tanlov uchta nominatsiya ("Eng yaxshi ta'lim muassasasi veb-sayti, "Eng yaxshi oqituvchi veb-sayti va "Eng yaxshi oquvchi veb-sayti) boyicha tashkil etildi. 
"Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt-2014 korik-tanloviga qatnashish uchun jami 1155 ta talabnomalar ("Eng yaxshi ta'lim muassasasi veb-sayti nominatsiyasiga 809 ta, "Eng yaxshi o'qituvchi veb-sayti nominatsiyasiga 274 ta va "Eng yaxshi o'quvchi veb-sayti nominatsiyasiga 72 ta) kelib tushdi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, ushbu tanlovda ishtrok etish uchun topshirilgan arizalar soni otgan yilgiga qaraganda 3 marotaba oshgan va veb-saytlarga joylashtirilgan ma'lumotlar soni hamda sifati salmoqli darajada oshgan. 
Veb-saytlar dizayni, mazmun boyligi va aktualligi, pedagogik ahamiyati, interaktivlik va qayta-aloqa, bajarilish sifati kabi mezonlar asosida 100 ballik tizimda baholandi. 
Tanlovga biriktirilgan hakamlarning xulosasiga kora, "Eng yaxshi ta'lim muassasasi veb-sayti yonalishi boyicha birinchi orinni Navoiy viloyati Navoiy shahar 11Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabning www.11-maktab.uz veb-sayti ijodkorlari qolga kiritdi. Ikkinchi oringa Qoraqalpogiston Respublikasi Ellikqa'la tumani 22umumiy orta ta'lim maktabining www.22-school.uz veb-sayti mualliflari, uchinchi orinni esa Jizzax viloyati tassarrufidagi Umid IDUM Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabiningwww.umid.zn.uz  xodimlari veb-sayti egalladi. 


Shuningdek, "Eng yaxshi oqituvchi veb-sayti nominatsiyasi boyicha birinchi oringa Surxandaryo viloyati Termiz tuman 4-umumiy orta ta'lim maktab oqituvchisi Xodjakov Azamat Baxtiyorovich www.azamat.uz sayti sazovor bolgan bolsa, Buxoro viloyati Gijduvon tuman 8-umumiy orta ta'lim maktabi oqituvchisi Gulshoda Abdullayevaningwww.learnenglish.uz sayti ikkinchi hamda Jizzax viloyati Jizzax shahar 16-umumiy orta ta'lim maktab oqituvchisi Uygun Raximovning  sayti www.mehnatdarsi.zn.uz uchun uchinchi oringa loyiq topildi. 


"Eng yaxshi oquvchi veb-sayti nominatsiyasida birinchi orinni viloyati shahridagi 10-umumta`lim maktabining oquvchisi Adiz Ergashev www.buxoro-10maktab.uz, ikkinchi orinni Surxondaryo viloyati Termiz shahar 1-umumta`lim maktabi oquvchisi Shoxruxbek Boborahimov www.shohruxbek.mahorat.uz va uchinchi orinni Fargona viloyati Toshloq tumanidagi 35-umumta`lim maktabi oquvchisi Ikrom Musajonovlar www.35maktab.zn.uz saytlari uchun oldilar. 


Tadbir songida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan golib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovgalari topshirildi.
Xalq ta`limi vazirligi 
Axborot xizmati
dle 10.2

Fikrlar

Ismingiz:
Sizning E-Mail:
| | |
d:
Kodni kiriting:
Video
FOYDALI HAVOLALAR
Davlat dasturlari