» » Barkamol avlod tarbiyasi eng ustuvor va ulugvor vazifadir

Barkamol avlod tarbiyasi eng ustuvor va ulugvor vazifadir

Barkamol avlod tarbiyasi eng ustuvor va ulugvor vazifadir
28-01-2015, 11:56
Fikrlar: 0
Bo'limlar: Yangiliklar
Bugun mamlakatimizning shahar-u qishloqlarida bunyod etilayotgan zamonaviy yangi ishlab chiqarish korxonalari, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar, namunaviy loyihalar asosida qad rostlayotgan uy-joylar ularning korkiga ajib bir tarovat baxsh etib turibdi.
 Barkamol avlod tarbiyasi eng ustuvor va ulugvor vazifadir
Ayniqsa, o'ziga xos va betakror qiyofaga ega ta'lim-tarbiya muassasalari, tom ma'noda, ma'naviyat va ma'rifat maskanlariga aylanib ulgurdi. 
Prezidentimiz Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 22 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida ta'kidlaganlaridek, "...biz bundan 17 yil oldin qabul qilgan, qolga kiritayotgan barcha yutuq va marralarimizning omili va zamini bo'lgan, hammamizni, avvalo, bolalarimizning ongu tafakkurini, hayotga bolgan munosabatini tubdan ozgartirgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va istiqbolli maktab dasturi haqida alohida toxtalib otishimiz zarur, deb oylayman. 
Eski tizimning qolip va aqidalaridan xoli bolgan, mustaqil fikrlaydigan va hayotga qaraydigan, Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun mas'uliyatni oz zimmasiga olishga qodir kuch sifatida maydonga chiqayotgan bugungi yosh avlodimiz ayni shu dasturlarning, biz amalga oshirayotgan tarbiyaviy ishlarimizning mahsuli, desam, hech qanday xato bolmaydi. Ayni paytda respublikamiz xalq ta'limi tizimida 9698 ta maktab faoliyat korsatmoqda. Oz navbatida, ular eng songgi rusumdagi kompyuter jamlamalari, zarur oquv-metodik adabiyotlarga ega bolib, turli laboratoriya uskunalari va sport jihozlari bilan toliq ta'minlangan. Bunday sharoit va imkoniyat farzandlarimizning ilm-fan yutuqlarini ozlashtirishlarida, ham ma'nan, ham jismonan barkamol bolib ulgayishlarida hal qiluvchi omil bo'lmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risidagi Qonunning qabul qilinishi sohani otmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan tola xalos etish, yuksak ma'naviy-axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishga asos boldi. Mazkur dastur Yurtboshimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan taraqqiyotning "ozbek modeli tamoyillariga qat'iy rioya etilib, bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga erishildi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uzviy va mantiqiy davomi bolgan Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining qabul qilinishi islohotlar kolamini yanada kengaytirdi. Ushbu hujjat maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uzluksiz ta'limning yagona tizimini shakllantirish bilan bogliq muammolarni hal etishda asosiy dasturilamal bolgani bilan ahamiyatlidir. 
Aytish joizki, mazkur dastur asosida deyarli barcha maktablarda qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Jumladan, 351 yangi maktab qurilgan bolsa, 2470 tasi rekonstrutsiya qilindi, 3608 ta maktab kapital ta'mirlandi va 2072 tasi joriy ta'mirdan chiqarildi. 
Belgilangan barcha vazifalar oz vaqtida bajarilgani barobarida, mamlakatimizda umumta'lim maktablari qurilishi bilan bogliq ishlar izchil davom ettirilmoqda. Buning natijasida 2011 2014 yillarda 61 yangi maktab binosi qurildi, 748 maktab binosi va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi mukammal rekonstruktsiya qilindi, 635 maktabning bino va inshootlari mukammal ta'mirdan chiqarildi. Ushbu maqsadlar uchun jami 787,1 milliard som sarflandi. 
Xalq ta'limi vazirligidan olingan ma'lumotlarga kora, 2014 yilgi Investitsiya dasturiga binoan, respublikamiz boyicha 381 ta'lim ob'ektida jami 275,5 mlrd. somlik qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Ulardan 221 tasida 172,1 mlrd. somlik rekonstruktsiya ishlari, 160 tasida esa 103,4 mlrd. somlik mukammal ta'mirlash ishlari bajarildi. 
Prezidentimizning 2013 yil 25 dekabrdagi qaroriga asosan, Umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta'mirlash hamda jihozlash boyicha byudjetdan tashqari jamgarmasi hisobidan 3 024 ta umumta'lim maktabi hamda 48 ta bolalar musiqa va san'at maktabi 106,2 mlrd. somlik mebel, oquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, sport anjomlari hamda musiqa cholgu-asboblari bilan jihozlandi. 
Bizning ta'lim muassasamiz ham ayni shu dastur asosida kapital ta'mirdan chiqarildi, deydi poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 70-umumta'lim maktabi direktori Barno Qodirova. Natijada binoning tom qismi, yoritish va isitish tizimlari toliq ta'mirlandi. Oynalari plastik romlarga almashtirildi, eshiklar yangilandi. Kimyo, biologiya va fizika xonalari oziga xos korkam qiyofa kasb etdi, yangi mebel bilan jihozlandi. Ayniqsa, boshlangich chet tili xonalari uchun texnika vositalari ajratilgani farzandlarimizning xorijiy tillarni puxta o'rganishiga xizmat qilayapti. Shu kunlarda informatika xonalariga ham eng songgi rusumdagi kompyuter uskunalari ornatilmoqda. 
Albatta, bunday ijobiy ozgarishlarni yurtimizning chekka-chekka hududlaridagi zamonaviy ta'lim maskanlari qiyofasida ham ko'rishimiz mumkin. Zero, ta'lim-tarbiyaning uzviyligini ta'minlash borasidagi ezgu sa'y-harakatlar farzandlarimizning hech kimdan kam bolmay, oz iqtidor va iste'dodini yuzaga chiqarishlari uchun mustahkam poydevor bolib xizmat qilmoqda. 
dle 10.2

Fikrlar

Ismingiz:
Sizning E-Mail:
| | |
d:
Kodni kiriting:
Video
FOYDALI HAVOLALAR
Davlat dasturlari