» » Kichik olimpiada tadorigi

Kichik olimpiada tadorigi

Kichik olimpiada tadorigi
28-01-2015, 12:15
Fikrlar: 0
Bo'limlar: Yangiliklar
Mamlakatimizda yoshlarni soglom, jismonan va manan yetuk insonlar etib tarbiyalashga alohida etibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimiz tashabbusi bilan oquvchi-yoshlar va talabalar ortasida otkazib kelinayotgan "Umid nihollari, "Barkamol avlod va Universiada sport musobaqalari muhim orin tutayotir. 


2015-yil Xorazm viloyatida "Umid nihollari" sport musobaqalarining final bosqichi bolib otadi. Maktab oquvchilarining ushbu "Kichik olimpiadasi"ga Buxoro viloyatida ham qizgin hozirlik korilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati xalq talimi boshqarmasi boshligi M.Daminov OzA muxbiriga qoyidagilarni gapirib berdi: 

Oquvchi yoshlar ortasida sportni yanada ommalashtirish, istedodlarni kashf etish va ular mahoratini oshirishning muhim omillaridan biri sifatida nufuzi ortib borayotgan "Umid nihollari bellashuvlariga viloyatda katta tayyorgarlik korilmoqda. Ayni kunda viloyatdagi 534 umumtalim maktabida 248 mingdan ziyod ogil-qiz talim-tarbiya olmoqda. Ularning jismoniy chiniqishi hamda irodasini toblashga xizmat qiladigan sportning u yoki bu turi bilan shugullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. 

Talim muassasalarimiz moddiy-texnik bazasi yildan-yilga mustahkamlanmoqda. Maktablarimiz oquv binolarini qurish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital tamirlash loyihalariga muvofiq sport zallari barpo etilayotir. Keyingi 12-yil ichida Ozbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi mablaglari hisobiga 58 ana shunday zamonaviy inshoot qurilib, tegishli jihozlar bilan taminlangani bunga misol. 

Umumtalim maktablaridagi sport togaraklarida 100 mingdan ziyod, 51 bolalar va osmirlar sport maktablarida 30 ming 541 ogil-qiz sport bilan muntazam shugullanmoqda. 

Ommaviylik istedodlarni kashf etishda katta imkoniyatdir. Ayni kunda viloyatdagi talim muassasalari oquvchilari ortasida "Umid nihollarining tuman, shahar hamda viloyat bosqichlari yakuniga yetmoqda. Bu yilgi musobaqalar nizomiga bir qator ozgartishlar kiritildi. Unga muvofiq, endilikda "Kichik olimpiada"da maktab oquvchilaridan tashqari, xalq talimi tizimidagi maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, olimpiya zaxiralari kollejlari boginidagi 7-9 sinf oquvchilari ham ishtirok etadi. 

Ozgartishlar murabbiylar zimmasiga katta masuliyat yukladi. Saralash musobaqalari doirasi kengaydi. Xullas, turlar boyicha jamoalarni shakllantirish kuchli raqobat ostida kechmoqda. Albatta, murabbiylar jamoa ozagini shakllantirish jarayonida sportchilarning mamlakat va xalqaro turnirlarda erishgan natijalarini etiborga oladi.

Xorazmda boladigan musobaqalarda erkin kurashchilar Firdavs Xudoyberdiyev, Fazliddin Husenov, Rashid Qilichev, yengil atletikachilar Laziz Habibov, Maftuna Tosheva, Mirfayz Ravshanov, bokschi Halim Otegenov, dzyudochilar Salohiddin Samiyev, Shahzod Sharipov, stol tennischi Shahnoza Bahodirova eng kuchlilar safidan joy olishiga umid qilamiz. 

Sportning on yetti turi boyicha 124 nafar sportchidan tarkib topadigan terma jamoamizni shakllantirish borasidagi ishlar davom etmoqda. Demak, bir oringa ikki, badiiy gimnastika, yengil atletika kabi turlarda hatto uch-tort nafargacha sportchi kurash olib boradi. Bu tayyorgarlikning songgi bosqichiga qadar jamoa ozagini tashkil etadigan sportchilar bilan zaxiradagilar ortasida soglom raqobat davom etadi, degani. 

"Umid nihollari 2015"ga tayyorgarlik doirasida Navoiyda otgan musobaqada yol qoyilgan kamchiliklar tahlil qilinib, muammolarni bartaraf etish choralari korilmoqda. Istedodlarni kashf etish, ularning mahoratini oshirish masalasiga jiddiy etibor qaratilmoqda. Sport turlari boyicha viloyat terma jamoalariga taniqli, tajribali murabbiylar biriktirilgan. Mashgulotlar eng zamonaviy sport inshootlarida, jumladan, bolalar sport majmualarida olib borilib, ogil-qizlarning jismoniy, taktik-texnik va ruhiy tayyorgarligi kuchaytirilmoqda. Mahoratini yanada oshirish maqsadida jamoalarning qator viloyatlar sportchilari bilan yigin va bellashuvlarini otkazishga kirishildi. 

Bulardan kozlangan asosiy maqsad bitta, u ham bolsa "Umid nihollari2015 sport musobaqalarining yakuniy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etish, kuchlilar safidan orin olishdir.
dle 10.2

Fikrlar

Ismingiz:
Sizning E-Mail:
| | |
d:
Kodni kiriting:
Video
FOYDALI HAVOLALAR
Davlat dasturlari