» MAKTAB HAQIDA QISQACHA MALUMOT

Maktab Jizzaxdagi eng tongich bilim maskani hisoblanadi. Bu ziyo maskani 1883 yilda ozbek rus-tuzem maktabi shaklida oz faoliyatini boshlagan edi. Shu yili bir sinf bolib unda 15 oquvchi tahsil olardi. Bu maktab hozirgi Sharof Rashidov maktabining negizi boldi. Dastlab mahalliy aholi bu maktabning kelajagiga ishonchsizlik bilan qaradi, lekin maktabda musulmon domlalar dars bera boshlagach uning oquvchilar soni yil sayin oshib bordi. 1889 yilning noyabrida maktab uchun alohida 4 xonadan iborat bino qurildi. Bu shahardagi yagona oqlangan bino bolganligi uchun halq uni "Oq uy deb atay boshladi. Osha yillari maktabga oz davrining taraqqiyparvar pedagoglaridan Mixail Shalutov mudirlik qilgan va rus tili va arifmetikadan dars bergan, ozbek bolalariga rus tilini orgatishga katta hissa qoshgan. Shu bilan birga S.I. Ananyev, N.D. Alekseyevlar ham oquvchilarga dars berib, yoshlarga marifatparvarlik goyalarini targib qilar edilar.

 

 

Maktab Jizzax vohasidagi qishloq maktablari uchun tayanch ilm dargohi bolib qoldi. "Oq uyda joylashgan maktabdan yillar otib oquvchilar sonining osib borishi natijasida asta sekin maktablar ajralib chiqa boshladi. 1922 yilga kelib "Oq uyda tashkil qilingan maktabdan "Namuna nomli maktab ajralib chiqadi.

1926-yilda maktabga N. Narimonov nomi berildi maktab toliqsiz orta maktabga aylantirildi. Davlat va jamoat arbobi Fayzulla Xojayev maktabda bolib, maktabga oquv tarbiya ishlarini yanada yaxshilash uchun 10 ming som mablag ajratilganligini elon qildi. Bu mablag hisobiga qoshimcha sinf xonalari, laboratoriyalar qurildi, darsliklar korgazmali qurollar, musiqa togaragi uchun asbob uskunalar sotib olindi. Bu ishlarni amalga oshirishda 1953 yilgacha maktabga direktorlik qilgan Yoldoshqul Hoshimov juda katta jonbozlik korsatdi. Maktabga fan oqituvchilarining soni oliy malumotli kishilar hisobiga tobora mustahkamlana bordi.

Bu ilm dargohi 1977-1978 oquv yillaridan boshlab namuna-tayanch maktabiga aylantirildi.

1979-yili oquvchilar soni nihoyatda kopayib ketganligi sababli Narimonov nomli maktabdan Hamroqul Nosirov nomli va Orifjon Ikromov nomli maktab ajralib chiqdi.

Maktab hamisha ajoyib kadrlar maskani bolib kelgan. Maktab qoynida sanoat, qishloq xojalik korxonalarining ajoyib xodimlari, olimlar, shoirlar, davlat, jamoat arboblari va boshqa ajoyib kishilar: baxt va shodlik kuychisi Hamid Olimjon, davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov, yozuvchi Sarvar Azimov, Nazir Safarov, Shukur Sadulla, Haydarbek Abdujabborov, Orifjon Olimjonov, Orifjon Ikromov va boshqalar yetishib chiqdilar.

1982-1983-oquv yiliga kelib maktabda oquvchilar soni 1388 ta, oqituvchilar soni 86 taga yetdi. Maktab jamoasi uchun maktabning sobiq oquvchisi Sharof Rashidov tashabbusi bilan yangi zamonaviy shinam jihozlangan tort qavatli bino tez fursatda qurub berildi. Yangi maktab binosini ochilishida 1983-yil 6-oktabr kuni hurmatli Sh.Rashidov qatnashdilar.

Maktab oquvchilari bilim olishlariga etibor kuchaytirildi. Tajribali mutahassis oqituvchilar safi kengaytirildi. Maktab viloyatda tajriba tayanch maktabi maqomiga ega boldi. Oquvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlashga etibor kuchaytirildi. Natijada 1997-yilda maktabning ikki nafar 11-sinf oquvchilari Xurshida Sobirova va Shuxrat Ergashovlar Respublika fan olimpiadasida qatnashib faxrli orinlarni egalladilar. Shu yillar davomida sportni rivojlanishiga katta etibor berildi. 10-sinf oquvchisi Dilshod Mahkamov sportning "Karate turi boyicha Ozbekiston chempioni unvoniga sazovor boldi.

1998 yilda maktab rahbari va ilmiy bolim mudiri Kamol Hakimovlarning tashabbuslari bilan maktab tarixi muzeyi tashkil etildi. Muzeyni tashkil etishda maktab pedagogik jamoasi maktabning sobiq oqituvchi va oquvchilarining xizmatlari benihoya katta boldi. 2002-yilda maktab pedagogika jamoasi "Yilning eng yaxshi maktabi tanlovining Respublika bosqichida qatnashib faxrli 3-orinni egalladi.

2006-yilda otkazilgan yilning eng yaxshi fan oqituvchisi tanlovida maktabning tarix huquq fani oqituvchisi Shoira Yunusova Respublika bosqichida qatnashib faxrli I-orinni egalladi. Maktabning matematika fani oqituvchisi Rano Toraqulova tanlovning Respublika bosqichida qatnashib faxrli IV-orinni egalladi. Maktabning tajribali oqituvchilari Shoira Jabborova, Fotima Gaybullayeva, Shoira Yunusova, Anora Murodova, Muslima Saidovalarning tajribalari Respublika miqyosida ommalashtirildi.

Hozirgi kunda maktabda 70 nafarga yaqin oily malumotli oqituvchilar yoshlarga puxta bilim berayotirlar.


Video
FOYDALI HAVOLALAR
Davlat dasturlari